🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan konferensiya ikki tomonlama muloqotlarga ham boy bo‘ldi.
Portugaliya Assambleyasi vakili, Parlamentlararo Ittifoqning sobiq Prezidenti Duarte Pacheko bilan O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish va o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish xususida fikr almashdik.
Hindiston Parlamenti yuqori palatasi a’zosi Raghav Chadda bilan yoshlarning qarorlar qabul qilish jarayonlaridagi ishtiroki, yosh parlamentariylar o‘rtasida professional muloqotni kuchaytirish masalalarini muhokama qildik.
Shuningdek, raqamli transformatsiya, innovatsiyalar, ta’lim, savdo va investitsiyalar sohalarida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlariga to‘xtaldik.
Har ikki uchrashuvda ham parlamentlararo aloqalarni amaliy mazmun bilan boyitishga o‘zaro qiziqish bildirildi.
#12IPU #Samarkand
@tanzilanarbaeva