⚽️ Unwanted Boys'ning haqiqiy liderlaridan biri Fara bilan qiziqarli intervyu!
1. Eng sevimli futbolchingiz?
Fara: Ronaldinho 🇧🇷
2. JCh'dagi favoritingiz?
Fara: Braziliyaga muxlislik qilardim, lekin ular chiqib ketdi. O'ylashimcha, Argentina chempion bo'ladi 🇦🇷
3. Agar futbol bilan shug'ullanmasangiz qaysi sport turi bilan shug‘ullangan bo'lardingiz?
Fara: Kiber sportchi bo'lardim 🎮
4. Qaysi stadionda o'ynashni orzu qilasiz?
Fara: Menga stadionning nomi muhim emas. Muhlislar bilan to'la bo'lsa, bo'ldi. ⚡️
5. Sizda qanaqa iste’dod bor?
Fara: Iste'dodmi bilmadim-u, lekin qiziqqan narsamni juda tez o'rganaman. Balki shu ham iste'doddir. 😎
6. Eng ko'p nimaga pul sarflaysiz?
Fara: Hozircha unchalik ko'p pul sarflamayman. 🥲
7. Eng sevimli so‘zingiz?
Fara: "TO'XTAMA." ☝️
8. Unwanted'dagi eng yaqin do'stingiz?
Fara: Hamma bilan yaxshiman. Lekin bizni Unwanted'dagi Pooker jamoasidagi bolalar menga juda yaqin. 🫂
9. Unwanted'ning eng kuchli tomoni?
Fara: Yo'q narsadan ham bor narsa qila olishi. 🦾
10. Oxirgi daqiqada penaltidan gol urishi kerak bo'lsa, to'pni kimga berardingiz?
Fara: Maxaga berardim. Urmasa ham, aniq qiziq bir narsa qilib berardi. 😂🧑🦱
11. Unwanted bilan bog'liq eng esda qolarli voqeangiz?
Fara: Italiya vizasi chiqqanida Islom hazillashib: "Maxaga viza chiqmabdi", degandi. Keyin bilsak, rostan ham chiqmagan ekan. 💔
12. Eng sevimli serialingiz qaysi?
Fara: Juda ko'p: The Walking Dead, The 100, Game of Thrones. Yana boshqalari ham bor. 🌟
13. Eng ko‘p ishlatadigan ilovangiz?
Fara: Uzum, Telegram, Instagram va YouTube. ⚡️
14. Sevimli o‘yiningiz?
Fara: Counter-Strike 1.6, Call of Duty'ning hamma qismlari va GTA'ning hamma qismlari. ▶️
15. Futboldan tashqari eng ko'p nima bilan band bo'lasiz?
Fara: Hozir asosan pul topish va ishlar bilan bandman. 💲
🚀Reaksiyalani yondirsela intervyularni har kuni joylab boramiz...