Terma jamoamizning Suriya bilan oldingi yetti uchrashuvi qanday yakunlangan?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1-oktyabr kuni FIFA kunlari doirasida Suriya bilan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu ikki terma jamoa o‘rtasidagi sakkizinchi bahs bo‘ladi.
Avvalgi yetti uchrashuv statistikasida kichik ustunlik Suriya tomonida. Raqib uch marta g‘alaba qozongan, O‘zbekiston ikki uchrashuvda zafar quchgan. Yana ikki bahsda kuchlar teng kelgan.
Qiziqarli jihati, umumiy natijalarda Suriya bitta g‘alaba bilan oldinda bo‘lsa-da, kiritilgan gollar soni mutlaqo teng — har ikki jamoa bir-birining darvozasini 5 martadan ishg‘ol qilgan.
Terma jamoalar ilk bor 1996-yilda to‘qnash kelgan va o‘sha bahs 2:1 hisobida Suriya foydasiga yakunlangan. O‘zbekiston esa ilk g‘alabasini 2016-yilda 1:0 hisobida qo‘lga kiritgan.
O‘zaro uchrashuvlar:
1996-yil — O‘zbekiston 1:2 Suriya 2016-yil — O‘zbekiston 1:0 Suriya 2017-yil — Suriya 1:0 O‘zbekiston 2018-yil — O‘zbekiston 1:1 Suriya 2019-yil — O‘zbekiston 2:0 Suriya 2020-yil — O‘zbekiston 0:1 Suriya 2024-yil — O‘zbekiston 0:0 Suriya
Ikki jamoaning eng so‘nggi uchrashuvi 2024-yil Qatarda o‘tkazilgan Osiyo kubogi guruh bosqichiga to‘g‘ri keladi. O‘sha bahs golsiz durang bilan yakunlangan.
Endi O‘zbekiston va Suriya qariyb ikki yarim yillik tanaffusdan so‘ng yana bir bor maydonda yuzma-yuz keladi.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport