#tarixiy_shaxs
🇮🇷🇪🇬 Favziya bintu Fuad (1921-2013) - Misr malikasi va Eron malikasi, Eronning oxirgi imperatori Muhammad Rizo Pahlaviyning birinchi rafiqasi.
🇪🇬 Favziya Fuad Misr va Sudan sultoni Fuad I ning katta qizi edi. U Shvetsariyada taʼlim olgan, fransuz va ingliz tillarini yaxshi bilgan.
🇪🇬👁Otasi vafotidan so‘ng Misrda hokimiyat tepasiga Favziyaning ukasi Farux I keldi.
🧩 To'y siyosiy sabablarga ko'ra bo'lgan. Davlatlarning strategik hamkorligidan tashqari, nikoh shia va sunniylarni birlashtirishi mumkin edi. Bundan tashqari, harbiy toʻntarish natijasida hokimiyat tepasiga Shoh Rizo Pahlaviy keldi. Uning o'g'li Eron shahzodasi Misr qirollik oilasidan bo'lgan qizga uylanishi shahzoda hokimiyatiga hurmatni oshirdi.
👑👑🤴1942-yilda otasi vafotidan keyin eri hokimiyat tepasiga kelgach, Favziya Eron malikasiga aylandi. Ammo keyinchalik eri bilan ajrashib, Misrga qaytishga majbur qildi. Va 🇪🇬Iskandariyada 2013 yilgacha ikkinchi eri bilan baxtli yashadi.
🕊️ Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi