PersonJapanese PMAugust 2026

Japanese PM — August 2026

What Telegram channels wrote about Japanese PM in August 2026: 12 posts from 12 channels, collected automatically from public Telegram channels.

12 posts·12 channels

Top story

most viewed post
🔥 Most popular

O’ZBEKISTON 🇺🇿 O’quvchilari Buyuk Britaniyada 🇬🇧 Xalqaro Olimpiada Chempionlari

Joriy yilning 2-7-Avgust kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida bo’lib o’tgan Xalqaro XPERTSTEM Olimpiadasi Final bosqichida O’zbekiston o’quvchilari ishtirok etishdi. 85 kishidan iborat O’zbekiston Delegatsiyasida, 2-sinfdan 11-sinfgacha bo’lgan maktab o’quvchilari Matematika, Ingliz tili, IT Dasturlash, Tabiiy fanlar bo’yicha bilimlarini Xalqaro miqyosda sinash imkoniyatiga ega bo’lishdi.

Olimpiada Final bosqichida ishtirok etgan O’zbekiston jamoasi Vatanimiz sharafini yanada yuksak cho’qqilarga ko’tarib, 13 ta Oltin, 24 ta Kumush va 24 ta Bronza medallarini qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lishdi va umumiy hisobda 61 ta Medalni Yurtimizga Olib kelish baxtiga muyassar bo’lishdi. Bu barcha ishtirok etgan Davlatlar orasida eng yuqori ko’rsatkich etib belgilandi.

O’quvchilar barcha ishtirok etgan Davlatlar orasida eng yuqori natija ko’rsatib, faxrli I, II, III TOP o’rinlarni egallab, 60 dan ortiq Xalqaro TOP Universitet va Kollejlarga GRANT lar, pul mukofotlarini qo’lga kiritishdi.

Matematika fanidan ➕✖️ Baxtiyorov Ulugbek - 5-sinf o’quvchisi - 5,000,000 UZS Adhamov Ahmad- 10-sinf o’quvchisi - 1,700,000 UZS

Ingliz tili fanidan 🔠 Djumabayev Muhammadkarim - 5-sinf o’quvchisi - 5,000,000 UZS Amirkulova Farzona -5- sinf o’quvchisi - 3,500,000 UZS Muratbayeva Nurzada - 6-sinf o’quvchisi - 1,700,000 UZS

Biologiya fanidan 🧪 Gostenina Zlata - 8-sinf o’quvchisi - 5,000,000 UZS

IT Dasturlash yo’nalishidan 💻 Kholmurodov Farhodjon -9- sinf o’quvchisi - 5,000,000 UZS

Umumiy hisobda 26,900,000 UZS miqdorda qo’shimcha pul mukofotlarini qo’lga kiritishdi.

O’zbekiston o’quvchilari Xalqar Arenalada o’quvchilarimiz bilim darajasi, salohiyati qanchalik yuqori darajada ekanligini munosib namoyon qilib kelishmoqda.

IRN OLYMPIADS Xalqaro Fan Olimpiadalar Tashkiloti o’quvchilar uchun yanada keng imkoniyatlarni yaratishda davom etadi. O’zbekiston o’quvchilariga Xalqaro Fan Olimpiadalarida hamisha omad yor bo’lsin!

@IRN_Olympiads

More from other channels

12 posts total

🗣Bir quti sut yoxud onamni qachon tushundim...

Axlat tashlagani chiqqandim, yerda yotgan bir quti bolalar sutini ko‘rib qoldim. Balki yaroqlilik muddati o‘tib ketgandir, deb o‘yladim-u, beixtiyor uni qo‘limga olib, ishlab chiqarilgan sanasiga ko‘z tashladim. Uning rostdan ham yaroqlilik muddati o‘tgan ekan. Ana shu quti eski xotiralarni hayolimda gavdalantirib yubordi.

O‘shanda bolam olti oylikkina, faqat sun’iy ozuqa bilan qornini to‘ydirardim. Sun’iy ozuqaning bir qutisining o‘zi falon pul, bola kattalashgani sari uning bir donasi ikki kunga ham yetmay qoladi. O‘rta hisobda bir quti bolalar ozuqasining narxi ikki kilogramm go‘shtning narxiga to‘g‘ri keladi. Yosh oilamiz, faqat oylikka kun ko‘ramiz. Alohida yashaganimiz uchun hamma xarajatlar o‘z bo‘ynimizda. Ro‘zg‘or uchun xarajat qilarkanmiz, eng birinchi bola uchun ozuqa sotib olardik. Maosh olingan kuni bir nechta quti ozuqa olarkanmiz, o‘zimizning yeb-ichishimizga arzimagan pul qolardi. Chaqaloq yelim idishdagi sutni ba’zida oxirigacha ichmasa, uni qayta bersam, ichi buzilib qolmasin, deb qolganini to‘kib yuborardim. Kun sari kattalashayotgan bolamning do‘mboq qo‘llariga mahliyo bo‘laman-u, o‘zimning bir haftadan beri qozon osmaganimni ham unutaman. Bir kuni qarasam, bolaning ozuqasi qutida yana ikki martalik qolibdi, xolos. Axir, yana bitta bo‘lishi kerak, deb javonni necha marta axtardim, yo‘q. Men bor deb o‘ylaganim, bo‘sh idish ekan. O‘sha vaqtda bundan ortiq baxtsizlik bo‘lishi mumkin emasdi. O‘zimni qo‘lga ololmay, karaxt bo‘lib qoldim. Darrov erimga qo‘ng‘iroq qildim. ➡️ Ishxonada qarz so‘ramagan odamim qolmadi. Bir ilojini qil. ↪️Nima ilojini qilaman, bola hali ovqat yemasa, kechqurun sut, deb yig‘lasa, nima beraman? Bola och qoladi-ku… ➡️Onasan-ku, biror ilojini top.

♦️Bolasi och qolayotgan onaning ahvolini tasavvur qilish qiyin emas. Ayniqsa, bola chaqaloq, hali gapga tushunmaydigan go‘dak bo‘lsa. Onamnikigacha uch bekat yo‘l bor. Onamdan olaman. Bolani ko‘targancha uyga yayov yetib keldim. Onam uyda yo‘q ekan. O‘sha damda bir quti sut uchun bor narsamni berishga tayyor edim. Dadamga aytishga uyalaman, u kishidan tortindim. Lekin endi na uyga keta olaman va na bu yerda qolaman… Oradan ikki soatlar o‘tdi chamasi, onam kelavermadi. Shu vaqt ichida qosh qorayib, kech bo‘lgani sari meni vahima bosaveradi. Kechqurun bolamning ovqati qolmasa, nima qilaman? U yig‘lasa, nima beraman? Bolam och qoladi-ku… Ayni savollar miyamni parmalagandek o‘yib tashladi. Yana yarim soat kutdim. Onamdan darak bo‘lavermadi. Indamay bekatga chiqdim. O‘sha paytdagi holatimni eslasam, hanuz g‘amgin kayfiyat butun a’zoi badanimni qamrab oladi. Endi nima bo‘ladi, bolamga ovqatini topolmadim, endi nima beraman? Biror narsamni sotay desam, allaqachon onam bergan tilla buyumlarni sotib, bolalar ozuqasi olishga ishlatib yuborganman. Men dushmanga taslim bo‘lib, dor ostiga ketayotgan ahvolda edim. Yo rab, yig‘lolmasdim ham. Axir, yig‘lash uchun ham yorilish kerak. Men kimgayam yorilardim. Dunyodan bexabar bolam esa, qiqir-qiqir kularkan, men unga qarab turib, battar xo‘rligim kelardi. Bo‘ldi, shirin choy beraman, boshqalar ham shunaqa qiladi-ku, ertaga topilar, deb o‘zimni aldarkanman, mashinadan tushayotgan onamni ko‘rdim. ↪️Oyi, bormisiz, qayerlarda yuribsiz, – deb uni quchgancha, qattiq yig‘lab yubordim. ↪️Bolam, tinchlikmi, nima bo‘ldi? – deb oyim qo‘rqib ketdi. ↪️Bolam… bolaga bir quti sut kerak, – men yosh bolalardek yig‘lardim, zero o‘sha damda menga butun dunyodagi jamiki boyliklardan ham ko‘ra, bir quti sut qimmatli edi. ↪️Ha, qizim, qo‘rqitib yubording-ku, manavi pulni ol, – oyim ikki quti sutga yetarli pul berarkan, qo‘g‘irchog‘ini topib olgan qizaloqdek baxtiyor edim. U bilan apil-tapil xayrlashib, uyga uchib yetib keldim, axir, endi go‘dagimning ovqati bor. Menga boshqa narsa kerak emas. O‘sha kuni men birinchi marta ona bo‘lish, o‘z joningni ming bo‘lakka bo‘lish ekanligini tushunib yetgandim.

✈️ Oddiy odamlar | Ibratli dunyo

Ish va ishq

Kun davomida ish yoki boshqa sabablar bilan koʻpincha juftimizdan uzoqda boʻlamiz. Shunday vaqtda imkon qadar tez-tez – yarim soat, bir soatda SMS yoki ijtimoiy tarmoq orqali boʻlsa ham juftingizdan hol soʻrab turing. Uzoq gaplashish shart emas, «Yaxshimisiz?» – «Yaxshi» kabi boʻlsa ham mehringizni bildirib, juftingiz holini bilib turing, balki, ahvoli yaxshi emasdir. Shu bilan birga, bu xabar doim ayol kishidan yoki erkak kishidan boʻlishi shart emas, kim imkon topsa, yozaverish kerak.

Shuning­dek, kun davomida bir necha marta telefonda gaplashib, ovozlaringizni eshitib turing. Ayollar juftiga chiroyli holatdagi rasmlarini yuborib, uni xursand qilishi, charchoqlarini aritib, oʻziga yanada rom qilishi, muhabbat­li qilishi ham mumkin. Shunda erkak ham koʻcha­dagi chiroyli ayollarga qarayvermaydi.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish | Kitobning elektron va audio shakli

Yanada ko'proq iqtiboslar

Aug 30, 04:10 PMMore from @hubbuna

👍 KLINIKAGA XO‘JALIK ISHLARI BO‘YICHA YORDAMCHI AYOL ISHGA TAKLIF QILINADI

🔥 Tartib va tozalikni yaxshi ko‘radigan, uy sharoitida mazali yevropa va milliy taomlarni tayyorlay oladigan ozoda va mas’uliyatli xodim izlayapmiz.

⏺ Bizga 2-3 kishidan iborat kichik jamoa uchun ovqat tayyorlay oladigan, klinikada tozalikni saqlaydigan va mahsulotlar sifati hamda o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan xodim kerak.

🔴 Maosh: 6 000 000 so‘m 🗓 Ish grafigi: 6/1 🗓 Ish vaqti: 08:30 dan 18:30 gacha

👍 Vazifalar: • 2-3 kishi uchun ovqat tayyorlash; • Yevropa va milliy taomlarni tayyorlash; • Oshxona va klinikada tozalik va tartibni saqlash; • Mahsulotlarning yangiligi va sifatini nazorat qilish; • Oziq-ovqat mahsulotlari va tozalik vositalarini xarid qilish; • Sanitariya qoidalariga rioya qilish.

👍 Talablar: • Oshpaz sifatida ish tajribasi bo‘lsa - afzallik; • Mazali va ozoda taom tayyorlay olish; • Yevropa va milliy taomlarni bilish; • Ozodalikka rioya qilish va mas’uliyatlilik; • Punktuallik va detallarga e’tiborli bo‘lish.

👍 Agar siz ovqat tayyorlashni yaxshi ko‘rsangiz, tozalik va tartibni qadrlasangiz hamda osoyishta muhitda ishlashni istasangiz - sizni jamoamizda kutamiz!

📞 Bog‘lanish uchun: +998507141661

♦️ Telegram: @natella714

🖥 @tashworks

Aug 29, 04:35 PMMore from @tashworks

“Agar noto’g’ri gap aytib qo’ysam-chi?”

So’rovnomada har ikki kishidan biri shu javobni tanladi: xato qilishdan qo’rqaman.

Ko’pchiligimiz aynan shu joydan boshlaymiz. Lekin bir narsani aytishim kerak. Amaliyotni endi boshlayotgan psixologlar “xato” deb hisoblaydigan narsalarning ko’pi aslida xato emas.

Xato emas: ▪️ Seansdagi jimlik. Jimlik — bo’shliq emas, mijoz o’ylayotgan joy. Uni to’ldirishga shoshilmang. ▪️ “Bilmayman” deyish. “Bu savolga hozir tayyor javobim yo’q, keling birga qidiramiz”— bu zaiflik emas, rostgo’ylik. ▪️ Bir seansda hech narsa o’zgarmagani. Terapiya bitta uchrashuvda ishlamaydi.

Mana bular haqiqiy xato:

▪️ Mijozning o’rniga xulosa chiqarish ▪️ Maslahat berishga shoshilish: “siz shunday qiling” ▪️ Yig’layotgan odamni darhol tinchlantirish — his qilib bo’lishiga yo’l qo’ymaslik ▪️ Murakkab keys bilan supervizorsiz yolg’iz qolish

Nima deyishni bilmay qolgan paytingiz uchun ishlaydigan 3 savol:

1️⃣ “Hozir ichingizda nima bo’layotganini ayta olasizmi?” 2️⃣ “Buni aytganingizda tanangizda nima sezdingiz?” 3️⃣ “Men to’g’ri tushundimmi — siz…”

Bu savollar seansning istalgan nuqtasida ishlaydi. Eslab qoling.

Qo’rquv yo’qolgandan keyin amaliyot boshlashni iloji yo’q, chunki biz qilib ko’rmagan narsalarimizdan hayajonlanaveramiz. Amaliyot boshlaganingizdan keyin qo’rquv asta-sekin kamayadi.

Seansda sizni eng ko’p qo’rqitadigan vaziyat qaysi? Izohda yozing — keyingi postni eng ko’p takrorlangan javob bo’yicha yozamiz

🌟 17-avgust — Koreyada dam olish kuni. Bugun ishlagan bo‘lsangiz, maoshingizni tekshiring!

Yaʼni bugun Koreyada 광복절 (Gwangbokjol — Ozodlik kuni) munosabati bilan berilgan o‘rnini bosuvchi dam olish kuni.

Agar siz 5 yoki undan ortiq xodim ishlaydigan korxonada ishlasangiz, bu kun qonun bo‘yicha pullik dam olish kuni hisoblanadi

🌟Agar bugun ishga chiqqan bo‘lsangiz, maoshingizda bayram kuni ishlaganlik uchun belgilangan ustama haq to‘langanini tekshirib ko‘ring.

Muhimi, bu qoida xorijlik ishchilarga ham tegishli. Ya’ni, “chet ellik ishchi” degan sabab bilan bayram kuni uchun kamroq haq to‘lash mumkin emas.

⚠️ Lekin kichik korxonalarda (5 kishidan kam) bu qoidalar boshqacha bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun bugun ishlagan bo‘lsangiz, avgust oyi maosh varaqangizni olganingizda bayram kuni uchun to‘lovni albatta tekshiring.

2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi 2026Koreyaga ketuvchilar 2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️ @ishborkoreya1⬅️ @e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar Koreyaga borib kelganlar 2025 Ishlab chiqarish 2024

Aug 17, 03:22 PMMore from @epskorea1

🔰WAIT A MINUTE HARUTORA-KUN🔰 ♡♡SUB ESPAÑOL♡♡ 👇Drama BL 🇯🇵👇

▪️Detalles Género: Romance, Juventud Episodios: 10 Cadena: MBS Periodo de emisión: 14-Agosto-2026 al TBA Horario: Viernes

Sinopsis Kishida Sui, estudiante de secundaria, oculta sus expresiones tras una mascarilla y suele ser blanco fácil de burlas en la residencia masculina. Aunque se lo toma con humor y afronta la vida escolar con una sonrisa, en el fondo se ha vuelto reacio a entablar relaciones cercanas. En la primavera de su segundo año, le asignan una habitación con Kurobe Harutora, estudiante de primer año. La franqueza y la naturalidad de Harutora comienzan a derribar las barreras que Sui ha construido alrededor de su corazón. Uno es Kishida Sui, un estudiante de último año con dificultades en sus relaciones. El otro es Kurobe Harutora, un estudiante de penúltimo año que expresa sus sentimientos abiertamente.

⇩ TRÁILER ⇩ https://youtu.be/fBjwt9KJO4M?si=NVR3OHP1Ebm79tFN

⇩CAPÍTULOS⇩ https://t.me/DramasBLyLakorn

Aug 15, 07:29 PMMore from @dramaalbumes

​#parcha

Buni tasvirlab bo‘lmaydi. Titrab-qaqshab, o‘kirib yig‘layotgan ayolning holatini ifodalashga so‘z ojizlik qiladi. Boyaqish yelkamda silkitib, qichqiradi: «U o‘lgan bo‘lsa, sen nega tiriksan?» Keyin yig‘i aralash javrab ketadi: «Nega sizlarni u yoqqa jo‘natishadi, axir, hali go‘daksizlar-ku!» Axiyri, stulga o‘tirib qoladi: «Uni ko‘rdingmi? Ko‘rishga ulgurdingmi? Qanday jon berdi?» Yuragidan o‘q yeb, bir zumda o‘ldi, deyman. Ishonmaydi. — Yolg‘on gapiryapsan. Hammasini bilaman. Qiynalib jon bergan. Ovozini eshitdim. Rostini ayt, men bilishim kerak. — Unaqamas, — deyman men, — yonida edim. Joni darrov uzildi. Endi avrashga tushadi: — Ayt. To‘g‘risini gapir. Bilib turibman, meni ayayapsan, lekin battar qiynayotganingni sezmayapsanmi? Undan ko‘ra, aldama. Bexabarlikdan yomon narsa yo‘q, haqiqatni oshkor qil, har qancha og‘ir bo‘lsa ham, ayt. Bu men tasavvur qilayotganimdan ko‘ra afzalroq-ku. Men hech qachon haqiqatni aytmayman. Aytolmayman. Ayolga rahmim keladi, g‘alatiroq ekan o‘zi: haqiqatni bildi nima-yu, bilmadi nima, Kemmerix qayta tirilmaydi-ku. O‘limni ko‘raverib, diydam qotib ketgan. Bitta o‘limga ham shunchalikmi? Sal dag‘alroq javob qaytaraman: — Til tortmay o‘ldi. Og‘riqni sezganiyam yo‘q. Uyquga ketgan kishiday ko‘zlarini yumdi-qo‘ydi. Ayol biroz sukut saqlab, yana so‘roqqa tutadi: — Qasam ichasanmi? — Albatta. — Aziz avliyolarni o‘rtaga qo‘yib, a? Yo tavba, aziz-avliyolar nima bo‘pti? Bu men uchun nisbiy tushuncha. — Ha, tezgina jon berdi. — Orqamda takrorla: «Agar gapim yolg‘on bo‘lsa, uyimga tirik qaytmay». Takrorlayman. Bundan battar qasamlarni ham ichishim mumkin. Endi ishondi shekilli. O‘tirib, uzoq yig‘laydi. Keyin qanday bo‘lganini gapirib berishimni iltimos qiladi; men bir balolarni to‘qiyman, cho‘pchagimga o‘zim ham ishonib ketishimga bir bahya qoladi.

✍️ Remark, «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q» kitobidan

📚 @kitoblar_pdf

Aug 10, 04:23 AMMore from @kitoblar_pdf

Bugun bitta kishi tojik ekanligim bilib, “rostan millatingiz tojikmi?”, deb so‘radi. “Ha, o‘xshamaymanmi”, deb javob qaytarganim bilan u kishidan qiziq gap bo‘ldi.

“Xafa bo‘lmang-u, “tojikdan do‘st chiqmaydi” deb eshitganman”, desa bo‘ladimi. Shunaqa miyyasi zanglagan odamlar hali ham bor ekan-ey. Dinazavrlar davrida qirilib ketmaganmidi bunaqalar?

@legistuz

Aug 7, 05:48 PMMore from @legistuz

🏢 MÜNCHENDA WG (IJARAGA XONA) BERILADI

👤 Kimdan: @elmu85

📍 Joylashuvi: 🇩🇪 München (Myunxen), Ottobrunn

📅 Koʻchib kirish muddati: Ab sofort (Darhol)

📐 Xona va sharoitlar: Kvartira 3 xonali boʻlib, har bir xonada 1 kishidan yashaydi. Beriladigan xona kattaligi 18 m.kv. boʻlib, toʻliq 1 kishi uchun jihozlangan.

👤 Kim qidirilmoqda: Visa, oʻqish yoki ishi tayinli boʻlgan, tartibli va mas’uliyatli shaxs qoʻyiladi.

💶 Ijara haqi: Oyiga 550€🔐 Kaution (Kafolat puli): 500€

📑 Anmeldung: ✅ Bor (Roʻyxatdan oʻtish imkoniyati mavjud)

⚠️ Muhim eslatma: Iltimos, faqat jiddiy niyati borlar yozsin, bir-birimizning vaqtimizni qadrlaylik.

📩 Murojaat uchun: @elmu85

🏠 Germaniyada uy va kvartiralar e’lonlari: @Germaniyada_kvartiralar

🧠 President AI Award 2026: arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi!

Sun’iy intellekt asosida innovatsion mahsulot yaratayotgan jamoalar uchun tanlovda ishtirok etishga yana bir imkoniyat.

ℹ️ President AI Award — umumiy mukofot jamg‘armasi $1,000,000 bo‘lgan, mamlakatdagi eng istiqbolli AI loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan milliy tanlov.

Ishtirok etish uchun: 🔸 3–8 kishidan iborat jamoa; 🔸 ishlayotgan MVP; 🔸 loyihani tushuntiruvchi 3 daqiqalik video pitch; 🔸 GitHub repositoriysiga havola; 🔸 PDF formatdagi Pitch Deck va loyiha logotipi talab etiladi.

❗️Barcha materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lishi kerak. 🗓 Arizalar qabuli: 15-avgustgacha

Loyihangiz bor bo‘lsa, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

👉 Awards.gov.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting va President AI Award 2026 ishtirokchisiga aylaning!

@startupbaseuz

Kanalga qo‘shiling:👇 Web-sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram

Aug 3, 10:00 AMMore from @samtuman