#Savodxonlik
Probel
Probel — bu soʻzlar orasidagi boʻsh joy, interval. Afsuski, koʻpchilik buni oʻz oʻrnida ishlata olmaydi. Shu bois bugun uni toʻgʻri qoʻllashni oʻrganamiz:
1. Har bir soʻz orasi ochib yoziladi: Xushkelibsiz ❌ Xush kelibsiz ✅
2. Nuqtadan keyin joy ochib yoziladi: Salom.Bugun dushanba ❌ Salom. Bugun dushanba ✅
3. Nuqtadan oldin probel qoʻyilmaydi: Salom .Bugun dushanba ❌ Salom. Bugun dushanba ✅
4. Vergul, ikki nuqta (:), nuqtali vergul (;), undov belgisi (!), soʻroq belgisi (?), gap soʻngidagi uch nuqta (...) uchun ham xuddi shu qoidalar amal qiladi: Nima ?Ha ,mayli ❌ Nima? Ha, mayli ✅
5. Defis (-) bilan yoziladigan juft soʻzlar, takror soʻzlar, baʼzi qoʻshimchalar (-ku, -da, -a, -u va b.) orasida boʻsh joy qoldirmay yoziladi: Oldi - berdi ❌ Oldi-berdi ✅
Asta - sekin ❌ Asta-sekin ✅
6. Umuman olganda, defisning ikki tarafida hech qachon boʻsh joy boʻlmaydi. Faqatgina osma defis bundan mustasno: 5 - noyabr ❌ 5-noyabr ✅
Audio - va videoaloqa ❌ Audio- va videoaloqa ✅
7. Vaqt oraligʻini ifodalash uchun ishlatiladigan qisqa tire (–) qatnashgan soʻzlar boʻsh joy qoldirmay yoziladi: 3 – 4 dona ❌ 3–4 dona ✅
1941 – 1945-yillar ❌ 1941–1945-yillar ✅
8. Gaplarni va gap boʻlaklarini ikkiga ajratuvchi tire (—) har ikki tomondan boʻsh joy qoldirib yoziladi: Til—bu millat gʻururi ❌ Til — bu millat gʻururi ✅
Qaragʻay—bu daraxt ❌ Qaragʻay — bu daraxt ✅
9. Qavs ichidagi soʻz yoki soʻzlar qavsdan ajratmay yoziladi: ( Qavs ichidagi soʻz ) ❌ (Qavs ichidagi soʻz) ✅
10. Qoʻshtirnoq ichidagi soʻzlar ham qoʻshtirnoqdan ajratmay yoziladi: “ Qoʻshtirnoq ichidagi soʻz ” ❌ “Qoʻshtirnoq ichidagi soʻz” ✅
11. Son yoki boshqa biror belgidan soʻng birikib kelgan qoʻshimchalar ajratib yoziladi: 15dan ziyod ❌ 15 dan ziyod ✅
100%gacha ❌ 100% gacha ✅ (*Foiz belgisini son bilan qoʻshib yoki ajratib yozish borasida turli qarashlar mavjud)
12. Dona sonlar raqamlar bilan yozilsa, ta alohida yoziladi: 5ta ❌ 5 ta ✅
©️xatoliklar
📚 @kitoblar_pdf