#xalqaro_hamkorlik
➡️“O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi va AQSh Davlat departamenti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“ICT Week Uzbekistan 2026” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida “Central Asian Expocenter” (CAEx) ko‘rgazma majmuasida “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi rahbariyati hamda AQSh Davlat departamentining Kibermakon va raqamli siyosat byurosi (CDP) vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
✅Muloqot chog‘ida sun’iy intellekt tizimlarini sinovdan o‘tkazish va baholash bo‘yicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuvda davlat organlari va tashkilotlarida raqamlashtirish holatini o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, davlat standartlarida belgilangan talablar hamda me’yorlar yuzasidan fikr almashildi.
🤖Uchrashuv davomida axborot texnologiyalari va kibermakonini tartibga solish, raqamli xavfsizlikni ta’minlash hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.
🔘Batafsil: UZKOMNAZORAT.UZ
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🌍Web-sayt🕊Aloqa nazorati🔹Facebook📱Instagram📺Youtube 🔹LinkedIn