#turizm #Toshkent #Ekoturizm #barqaror_turizm #sammit #TripGroup
Joriy yilning 26-avgust kuni Toshkent shahrida nufuzli xalqaro tadbir — “Ekoturizm va barqaror turizm sammiti” bo‘lib o‘tadi. Turizm qo‘mitasi hamda “Trip Group” turistik tashkiloti hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu anjuman dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq turizm sohasi vakillarini poytaxtimizda jamlaydi.
Ushbu tadbir Turkiya, Misr, Vetnam va Tanzaniya kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan va joriy yilda anjumanga ilk bor O‘zbekiston mezbonlik qilmoqda.
Tadbir ishtirokchilari — aynan turistik oqim yo‘nalishini belgilaydigan turistik xizmatlarni bevosita sotuvchi va xorijiy bozorlarda targ‘ib qiluvchi kompaniyalar rahbarlari hamda vakillaridir. Eng ahamiyatlisi, ayni paytgacha ushbu kompaniyalar O‘zbekiston bozorida faoliyat yuritmagan — shu bois ularning ishtiroki mamlakat uchun mutlaqo yangi bozorlarga chiqish imkonini ochadi.
Anjumanning asosiy tadbirlari doirasida xalqaro konferensiya, panel sessiyalari hamda mahalliy va xorijiy turoperatorlar o‘rtasidagi ikki bosqichli B2B netvorking uchrashuvlari tashkil etiladi. Sammitga AQSH, Kanada, Yangi Zelandiya, shuningdek, Yevropa va Osiyo mintaqasining yetakchi davlatlaridan yirik turoperatorlar, sayyohlik kompaniyalari va soha ekspertlari tashrif buyuradi.
***
On August 26, Tashkent will host a major international event — the Ecotourism and Sustainable Tourism Summit. Jointly organized by the Tourism Committee and tourism organization Trip Group, the summit will bring together more than 100 tourism industry representatives from over 20 countries.
Similar events have previously been held in Türkiye, Egypt, Vietnam, and Tanzania, while this year Uzbekistan will host the summit for the first time.
Participants will include executives and representatives of companies that directly sell tourism services and promote them in international markets, thereby playing a key role in shaping tourist flows. Particularly importantly, these companies have not previously operated in the Uzbek market, making their participation an opportunity for Uzbekistan to access entirely new international tourism markets.
The summit programme will feature an international conference, panel sessions, and two rounds of B2B networking meetings between Uzbek and international tour operators. Major tour operators, tourism companies, and industry experts from the United States, Canada, New Zealand, and leading European and Asian countries will travel to Tashkent.
***
26 августа текущего года в Ташкенте состоится престижное международное мероприятие — «Саммит по экотуризму и устойчивому туризму». Организованный совместно Комитетом по туризму и туристической организацией «Trip Group», саммит соберёт в столице более 100 представителей туристической отрасли из более чем 20 стран мира.
Ранее подобные мероприятия проводились в Турции, Египте, Вьетнаме и Танзании, а в этом году Узбекистан впервые выступит страной-хозяйкой саммита.
Участниками мероприятия станут руководители и представители компаний, которые непосредственно продают туристические услуги и продвигают их на зарубежных рынках, тем самым во многом определяя направления туристических потоков. Особенно важно, что до настоящего времени эти компании не работали на рынке Узбекистана, поэтому их участие открывает для страны возможность выйти на совершенно новые туристические рынки.
В рамках основной программы саммита состоятся международная конференция, панельные сессии, а также двухэтапные B2B networking-встречи между отечественными и зарубежными туроператорами. В Ташкент приедут крупные туроператоры, туристические компании и отраслевые эксперты из США, Канады, Новой Зеландии, а также ведущих стран Европы и Азии.
Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn