⚡️⚡️⚡️52-maktabda robototexnika markazi o‘z faoliyatini boshladi
📌Parkent tumanidagi 52-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni IT va muhandislik yo‘nalishlariga keng jalb etish maqsadida robototexnika markazi o‘z faoliyatini boshladi.
📌Mazkur loyiha Olmazor tajribasi asosida tashkil etilgan bo‘lib, uni amalga oshirish uchun mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 600 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
📌Markazda o‘quvchilar robototexnika, dasturlash va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni egallash, turli loyihalar ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📌Markazning ochilish marosimida Parkent tumani hokimi Elmurod Po‘latov, tuman mutasaddi rahbarlari, jamoatchilik faollari hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.
Zamonaviy bilim va innovatsion texnologiyalar — yoshlar kelajagi uchun mustahkam poydevor!
Kanalga ulanish: ⬇️⬇️⬇️ 💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website