Toshkent modernizmi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi 🏛
O‘zbekiston uchun tarixiy voqea: 19–29-iyul kunlari Pusan shahrida (Koreya Respublikasi) bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Butunjahon merosi qo‘mitasining 48-sessiyasida “Toshkentning modernistik arxitekturasi. Markaziy Osiyo zamonaviyligi va an’analari” nomli milliy nominatsiya Butunjahon merosi ro‘yxatiga rasman kiritildi.
Bu – O‘zbekistonning so‘nggi 25 yil ichida YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan birinchi milliy nominatsiyasidir. Bundan tashqari, O‘zbekiston Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari orasida XX asr modernizm me’moriy merosi ushbu maqomni olgan birinchi davlat bo‘ldi.
Ro‘yxatdan XX asr ikkinchi yarmidagi Toshkentning o‘ziga xos me’moriy qiyofasini aks ettiruvchi 10 ta ramziy obyekt o‘rin olgan:
• “Jemchug” turar joy binosi; • O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi; • “Xalqlar do‘stligi” saroyi; • O‘zbekiston davlat san’at muzeyi; • Toshkent davlat sirki; • Markaziy ko‘rgazmalar zali; • O‘zbekiston milliy kino san’ati saroyi; • “Chorsu” bozori; • “Kosmonavtlar” metro bekati; • “Quyosh” geliokompleksi.
Ushbu inshootlar 1966-yilgi zilziladan so‘ng Toshkentning qayta tiklanish davri ramziga aylangan. Ularda zamonaviy muhandislik yechimlari, milliy an’analar hamda mintaqaning iqlimiy va seysmik xususiyatlarini inobatga olgan me’moriy yondashuvlar o‘zaro uyg‘unlashgan. Bugungi kunda ular jahon madaniy merosining bir qismi sifatida e’tirof etilgan. ____________
Ташкентский модернизм включен в Список всемирного наследия ЮНЕСКО 🏛
Историческое событие для Узбекистана — на 48-й сессии Комитета всемирного наследия ЮНЕСКО, которая проходит с 19 по 29 июля в Пусане (Республика Корея), национальная номинация «Модернистская архитектура Ташкента. Современность и традиции Центральной Азии» официально включена в Список всемирного наследия.
Это первая за последние 25 лет национальная номинация Узбекистана, включенная в Список всемирного наследия ЮНЕСКО. Кроме того, Узбекистан стал первой страной Центральной Азии и СНГ, архитектурное наследие модернизма XX века которой получило этот статус.
В список вошли 10 знаковых объектов, отражающих уникальный архитектурный облик Ташкента второй половины XX века:
• жилой дом «Жемчуг»; • Государственный музей истории Узбекистана; • Дворец «Дружбы народов»; • Государственный музей искусств Узбекистана; • Ташкентский государственный цирк; • Центральный выставочный зал; • Дворец национального киноискусства Узбекистана; • рынок «Чорсу»; • станция метро «Космонавтов»; • Гелиокомплекс «Солнце».
Эти объекты стали символами эпохи восстановления Ташкента после землетрясения 1966 года. В них сочетаются современные инженерные решения, национальные традиции и архитектурные подходы, учитывающие климатические и сейсмические особенности региона. Сегодня они признаны частью мирового культурного наследия.
💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp