😉 Uzbekistan Airways va China Southern Airlines hamkorlikni kengaytirmoqda: O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida parvozlar yanada qulaylashadi 🇺🇿✈️🇨🇳
Toshkent, 2026-yil 23-iyul. – Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi va Xitoyning yetakchi aviatashuvchisi China Southern Airlines o‘rtasida kod-shering shartnomasi imzolandi. Aviakompaniyalar bir qator yo‘nalishlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlarga aylanmoqda: yo‘lovchilar ikkala tashuvchining aviaqatnovlariga chiptalarni odatiy bron qilish xizmatlari orqali sotib olishlari mumkin bo‘ladi, bu esa mamlakatlar o‘rtasidagi sayohatni rejalashtirishni ancha osonlashtiradi.
🤩 Endi yo‘lovchilar aviaqatnovlarning yanada kengroq tanlovidan foydalanishlari mumkin. Kelishuv “Uzbekistan Airways”ning Toshkentdan Pekin (Dasin aeroporti), Guanchjou, Urumchi va Xanchjou shaharlariga amalga oshiriladigan aviaqatnovlariga nisbatan qo‘llaniladi. Bundan tashqari, yo‘lovchilar China Southern Airlines aviakompaniyasining Pekin (Dasin), Guanchjou va Urumchidan Toshkentga parvozlari uchun chiptalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekiston milliy aviatashuvchisidan xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.
⭐️️ Uzbekistan Airways Osiyodagi ishtirokini kengaytirib, Toshkent xalqaro aeroportidagi xabni faol rivojlantirishda davom etmoqda. Aviakompaniya qulay tutashuv parvozlarini va havo kemasi bortida yuqori darajadagi xizmatni taklif etadi. Xitoyning yirik shaharlariga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirar ekan, aviakompaniya Markaziy Osiyo orqali Yevropa va Sharqni bog‘lab, parvozlarning imkoniyatlarini kengaytiradi va ularning qulay bo‘lishini ta’minlaydi. O‘z mamlakatlarining ikki yetakchi aviatashuvchisi yo‘nalishlar tarmog‘ining birlashtirilishi turizmni rivojlantirishga, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ishbilarmonlik va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Hamkorlik aviaqatnovlarga chiptalar tez orada uzairways.com rasmiy saytida, aviakompaniyaning mobil ilovasida, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniya agentlarida sotuvga chiqariladi.
Batafsil
😉 Uzbekistan Airways и China Southern Airlines расширяют партнерство: летать между Узбекистаном и Китаем станет еще удобнее 🇺🇿✈️🇨🇳
Ташкент, 23 июля 2026 г. — Национальная авиакомпания Uzbekistan Airways и ведущий китайский авиаперевозчик China Southern Airlines подписали код-шеринговое соглашение. Авиакомпании становятся прямыми партнерами на ряде маршрутов: пассажиры смогут покупать билеты на рейсы обоих перевозчиков через привычные сервисы бронирования, что сделает планирование путешествий между странами намного проще.
🤩 Теперь пассажирам доступен более широкий выбор авиарейсов. Соглашение распространяется на рейсы Uzbekistan Airways из Ташкента в Пекин (аэропорт Дасин), Гуанчжоу, Урумчи и Ханчжоу. Кроме того, пассажиры смогут приобретать билеты на рейсы China Southern Airlines из Пекина (Дасин), Гуанчжоу и Урумчи в Ташкент напрямую у национального перевозчика Узбекистана.
⭐️️Расширяя свое присутствие в Азии, Uzbekistan Airways продолжает активно развивать хаб в международном аэропорту Ташкента. Авиакомпанией предлагаются удобные стыковки и высокий уровень сервиса на борту. Выполняя регулярные рейсы в ключевые города Китая, авиакомпания связывает Европу и Восток через Центральную Азию, делая перелеты доступными и комфортными. Объединение маршрутных сетей двух ведущих авиаперевозчиков своих стран поможет развитию туризма, а также укреплению деловых и культурных связей между Узбекистаном и Китаем.
Авиабилеты на партнерские рейсы в ближайшее время появятся в продаже на официальном сайте uzairways.com, в мобильном приложении авиакомпании, а также в филиале Uzbekistan Airways Sales и у агентов авиакомпании.
Подробнее
#uzbekistanairways