🧑🦱 Va nihoyat qiziqarli intervyu navbati Islom Abdujabborovga!
1. Eng sevimli futbolchingiz?
Islom: Sevimli futbolchilarim albatta Ronaldu va Messi, Bunyodkorda o'ynab yurgan paytlarim Riyad Mahrez ham yoqardi. Eng kuchli futbolchi sifatida esa barbir Messi juda yoqadi 💀
2. JCh'dagi favoritingiz?
Islom: Favoritlarim finalda to'qnash keldi 😅
3. Agar futbol bilan shug'ullanmasangiz qaysi sport turi bilan shug‘ullangan bo'lardingiz?
Islom: Stol tennisi, chunki juda yoqadi va yaxshi o'yniman 🏓
4. Qaysi stadionda o'ynashni orzu qilasiz?
Islom: Camp Nou'da 🏟
5. Sizda qanaqa iste’dod bor?
Islom: Qanaqadir problemala chiqib qoganda siqilmaslikka, yengil qarashga harakat qilaman. 😂
6. Eng ko'p nimaga pul sarflaysiz?
Islom: Albatta, birinchi bo'lib oilamga, proyektlarimga va o'zimga. O'zimga va ovqatga keganda hech qachon pul ayamiman. 😎
7. Eng sevimli so‘zingiz?
Islom: "Unwanted Boys." ⚽️
8. Unwanted'dagi eng yaqin do'stingiz?
Islom: Hamma bilan oiladek bo'p qoganmiz 🫂
9. Unwanted'ning eng kuchli tomoni?
Islom: Har doim va har vaqtda o'zi bilan ovora bo'lishi boshqalaga ishi bo'masligi. Nima qilsa ham Unwanted barbir ajralib turadi. Va albatta, sonlari hamda muxlislari 🦾
10. Oxirgi daqiqada penaltidan gol urishi kerak bo'lsa, to'pni kimga berardingiz?
Islom: "Don don ziki" bilan hal qilardik. 😂
11. Unwanted bilan bog'liq eng esda qolarli voqeangiz?
Islom: Kings Leaguedagi ishtirok, Unwanted Boysning ilk sobraniyasi va u yerdagi mavzular ❤️🔥
12. Eng sevimli serialingiz qaysi?
Islom: Serial va kino kamdan kam ko'raman. Lekin, kinodan Stiv Jobs haqidagisi yoqadi 🌟
13. Eng ko‘p ishlatadigan ilovangiz?
Islom: Telegram, Instagram va YouTube. ⚡️
14. Sevimli o‘yiningiz?
Islom: O'yin umuman o'ynamiman, 4-5 oyda bir PlayStation'da futbol o'ynab qolishim mumkin 🎮
15. Futboldan tashqari eng ko'p nima bilan band bo'lasiz?
Islom: Hozir asosan oilamga vaqt ajratish, kontent qilish bilan bandman. 24/7 ishlashni to'xtatib o'zimga ham mehr berib boshlaganman 😎
🚀Reaksiyalani yondirsela intervyularni har kuni joylab boramiz...